Steynbek (Steinbeck) jon Ernst
Steynbek (Steinbeck) jon Ernst (1902.27.2, Salinas, Kaliforniya shta- ta — 1968.20.12, NyuYork) — Amerika yozuvchisi. Ilk romani — «Oltin kosa» (1929). «Tortilflet kvartali» (1935) romani epizodlardan iborat bo’lib, unda materializmning gumanizmga salbiy ta’sirini ko’rsatishga harakat qilgan. «Va jangni boy berdilar» (1936) romani hamda «sichqonlar va odamlar haqida» (1937) qissasi bilan tanilgan. «Nafrat uchquni» (1939) romani Amerika adabie- tining mumtoz namunasi hisoblanadi. «G’azab shingillari» (1939), «konserva- lar rastasi» (1945), «adashgan avtobus» (1947), «jannatdan sharkda» (1954), «xa- votirli qish» (1961) romani, «Ameri- kani izlash yo’lida Charli bilan sayohat» (1962) ocherklar kitobi va b. asarlar muallifi. «Haybatli tog’lar» hikoyalar to’plami o’zbek tiliga tarjima qilingan (1963). Nobel mukofoti laureati (1962).