STEGOTSEFALLAR
STEGOTSEFALLAR, qopqoqboshlilar, sovutboshlilar (Stegocephalia) — suvda va qurukdikda yashovchi qazilma hayvonlar. S. qoldig’i yuqori paleozoy va quyi mezozoy yotqiziqlaridan topilgan. Tanasining uz. 10 sm dan 4 m gacha. Kalla suyagining qopqog’i yaxlit qoplam hosil qilgan. Tanasi sirtida suyakli qalqonchalar bo’lgan. S. Daryo, ko’l, o’rmon va botqoqliklarda yashagan. Ba’zi S. hozirgi amfibiyalarta yaqin turadi. Sning ko’p qismi labirintodontlarga kiritilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Steklov Vladimir Andreevich
- Stekolnikov Boris Abramovich
- Stellit
- Stempkovskaya Elena Konstantinovna
- Stendal
- Stenli Uendell Meridit
- Steno qonuni
- Stenobiontlar






