Stirling dvigateli

Stirling dvigateli, tashqi yonuv dvigateli — tashqaridan keltiri- ladigan issiklik energiyasini foydali mexanik ishga aylantiradigan dvigatel. Ingliz ixtirochisi R. Stirling 1816 y. yaratgan. U qizdirilgan havo bilan ish- laydi. S.D.da ish jismi sifatida gaz (geliy yoki vodorod) dan foydalaniladi. Gazning bosimi 10 — 20 MPa. Gaz berk fazoda bo’lib, dvigatel ishlashi payti- da almashinmaydi, balki qizishi va so- Vishi natijasida faqat hajmi o’zgaradi. Regenerator bu fazoni yuqori va past- ki bo’shliqqa bo’ladi. Yuqori bo’shliqqa qizdirgichdan issiqlik keladi, pastki- sidan sovituvchi suv bilan chiqarib yubo- riladi. S.D. tsilindrida 2 ta porshen (biri ish, ikkinchisi haydash) bo’ladi. Dvigatelda ish tsikli 4 taktda (siqish, qizdirish, ish yo’li va sovitish) bajari- ladi. S.D. yuk avtomobillari va kemala- rida ishlatiladi.