Stirol
Stirol (feniletilen, vinil- benzol, etinil benzol, tsinnamen), S6N5SN=SN2 — aromatik uglevodorod, o’ziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Mol. m. 104,14. Suyuqlanish t-rasi -30,628°, qaynash t-rasi 145,2°, zichligi 906 kg/ m3 (20° da). Metanol, etanol, atseton, efirlar, uglevodorodlar, sirka kislo- tada eriydi, suvda erimaydi. O’zi ham ko’pchilik organik moddalarni yaxshi eritadi. O’simlik smolasi (stiraks) da, natural gaz va b. uglevodorod gaz- lari pirolizi mahsulotlarida, neft maqsulotlarini krekinglash va piro- lizlash mahsulotlarida, toshko’mir va qo’ng’ir kumir smolalarida, slanes moy- ida va G’.k.da bo’ladi. S. kimyoviy reaktsi- yalarga shiddatli kirishadi, polimerla- nadi. S, asosan, polistirol, shuningdek, turli sopolimerlar, mas, butadiensti- rol kauchuklar, poliefir smolalar ish- lab chiqarish.da qo’llanadi; stirolning divinilbenzol bilan sopolimerlari ion almashinuvchi smolalar sifatida ishlatiladi. S.ning bug’lari shilliq pardalarga ta’sir etadi, uning havoda ruxsat eti- ladigan kontsentrasiyasi 5 mg/m3. S. sa- noatda, asosan, 500-630° trada suv bug’i oqimida etilbenzolni katalitik degi- drogenlab olinadi.