Stafilokokk

Stafilokokk (Yun. staphyle — shingil va kokklar) (Staphylococcus) — Micrococcaceae oilasiga mansub sharsi- mon bakteriyalar turkumi; S.ni R. Kox (1878 y.) va L. Pasterlar (1880 y.) birin- chi bo’lib aniqlashgan. F. Rozenbax (1884 y.) bemorlarning yiringli yallig’langan o’choqlaridan S.ni ajratib olib, uning biokimyoviy xossalarini o’rgangan. S. yumaloq shaklda bo’lib, surtmalarda, aso- san, uzum shingiliga o’xshab ko’rinadi. S. harakatsiz, fakultativ, anaerob, gram- musbat, xivchin va spora hosil qilmaydi, patogen turlarida mikrokapsulasi bor. S. tabiatda keng tarqalgan mikroor- ganizmlar bo’lib, ularning saprofit, shartlipatogen va patogen turlari mav- jud. Odam terisi va shilliq qavatlarida 14 turi uchraydi. S, asosan, havoda, suvda, odam va hayvonlarning normal mikroflorasi tarkibida, patogen turlari mikrob ta- shuvchi odam, hayvonlarda uchraydi va ularda kasallik qo’zg’atadi. S. organizm- ga, asosan, teri, havotomchi, chang, Ali- mentar yo’llar orqali kiradi. Hoz. S. qo’zg’atadigan juda kup kasallik anikdan- gan. Ko’p hollarda S. ikkilamchi infek- tsiyaning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Patogen S. tushgan sut va sut mahsulotlari, tort, muzqaymoq va b. oziqovqat mahsulotlari iste’mol qilinganda zaharlanish (toksikoinfek- tsiya) kuzatiladi.