Stoisizm

Stoisizm (Yun. stoa — peshayvon; yunon falsafiy maktabi tarafdorla- ri yig’ilish o’tkazadigan joy) — yunon falsafasidagi okimlardan biri. S. ta- rixi 3 davrga bo’linadi: qad. Stoya (mil. AV. 3-2-a.lar; asoschilari — kitionlik Zenon, Xrisipp, Kleanf); o’rta Stoya (mil. 2-1-a.lar; namoyandalari — Pa- nesiy, Posidoniy); keyingi Stoya (mil. 1-2-a.lar; namoyandalari — Seneka, Epiktet, imperator Mark Avreliy va b.). S. vakillari birinchi bo’lib falsa- fani fizika, etika va mantiqqa bo’ldi. Stoiklar fizikada Geraklitning aba- diy alangalanuvchi hamda so’nuvchi olov haqidagi ta’limotini qayta tikladi. Ularning fikricha, mantiq ilmi tushun- cha va muhokama so’zlarini to’g’ri tuzish va qo’llashga o’rgatishi lozim. Gnoseologiya- da stoiklar sensualizm mavkeida turdi- lar. Etikada burch tushunchasini ilgari surdilar, tabiatga mos keladigan hayotni oliy sahovat deb tushundilar. Ularning fikricha, inson bir butun borliqning tarkibiy qismi bo’lib, uning qayoti takdir yohud zaruriy qonuniyat orqali belgilanadi. Takdirga tan bermaslik behudadir. Insonning haqiqiy baxti ruhning xotirjamligi, ehtiroslardan xoliligidir. Bunday fazilatlar kishi o’zini o’zi tarbiyalashi oqibatida shaklla- nadi. Ezgulikning doyasi — aklfarosat, me’yor va jasoratdir. Bularga zid barcha holatlar yomonlik belgisi g’isoblanadi. S.da akl va odob kridalariga monand tarzda yashash imkoniyati bo’lmagan tak- dirda insonning o’limni ixtiyor etishi oklanadi. S. neoplatonizm va xristian- likka sezilarli ta’sir ko’rsattan.