Stol tennisi

Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda uynaladi- gan sport o’yini. Sharqiy Osiyoda paydo bo’lgan. 20-a.ning 20y.laridan ko’p mam- lakatlarga tarkalgan. Dastlab «Ping- pong» (Frans. pingpong — koptokning raketka va stolga urilishida chikadigan ovoz) deb atalgan. St. uchun, odatda, stol o’lchami 152,5×274,3 sm; bal. 76 sm; turi 183x 15,25 sm bo’ladi. Yogoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Kop- tok oq plastikadan yasaladi, diametric 37,2—38,2 mm, og’irligi 2,4—2,53 g. Uyin maydonchasining o’lchami 6-7 x 12-14 m. Rasmiy musobakalar sport zal- larida o’tkaziladi: erkaklar va ayollar — jamoa bo’lib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobakalasha- dilar. Uyin 3 yoki 5 partiyadan o’ynaladi. O’yinchilardan biri 21 ochko to’plasa, u g’olib hisoblanadi. Agar hisob 20:20 bo’lib qolsa, unda o’yinchilardan biri 2 ochko ortiq to’plaguncha o’yin davom etti- riladi. S.t. Xalqaro federasiyasi (ITTF, 1926 y. tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federasiyani birlashtiradi. 1926 y.dan har 2 yilda jahon birinchi- ligi o’tkaziladi, 1988 y.dan Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan. O’zbekistonda S.t. keng ommalash- gan. O’zbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam o’tkazib tu- riladi. O’zbekiston S.t. federasiya- si 1993 y. Ittfga a’zo bo’lib kirgan. O’zbekistonlik Manzura Inoyatova, Sai- da Burhonxo’jaeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004 y. mart) 1o’rinni olib, oltin medallar bi- lan taqtsirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxo’jaeva, Madina Ayupo- va ham bir qancha xalqaro turnirlarda g’olib bo’lishgan.