Stolbur

Stolbur — ituzumdoshlar oila- siga mansub o’simliklar va ayrim be- gona o’tlarda uchraydigan virusli ka- sallik. O’zbekistonda S. bilan ko’proq pomidor, baklajon, shirin qalampir, kartoshka ekinlari kasallanadi. Kasal- likka chalingan o’simliklarning novda- lari uchidagi barglari oqaradi, buralib, o’sishdan orqada qoladi, gul otaliklari quriydi, onaliklari rivojlanmaydi, mevasi qattiqlashadi, bemaza, qisman oqish etli bo’lib qoladi. S.ni qo’ypechak, bangidevona, ituzum va b. o’tlar ildizla- rida qishlab chiqadigan tsikada lichinka- lari tarqatadi. Kurash choralari: begona o’tlarni yo’qotish va tsikadalarga qarshi kurash; ko’chatlarni maqbul muddatlarda va qalinroq ekish; qator oralarini mul- chalash, S.ga chidamli navlarni ekish va b.