Stolyarov Vladimir Pavlovich

Stolyarov Vladimir Pavlovich (1918.15.7, Chorjo’y — 1971.16.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq, rassomi (1958). Samarqand badiiy bilim yurtida ta’lim olgan (1933-37). Respublika yosh tomoshabinlar teatrida (1938-39), Re- spublika xalq ijodi uyida (1939 y.dan) ishlagan. S. amaliy san’at, bezak san’ati rivojiga munosib hissa qo’shgan. Xalq ustalari (kandakor, to’quvchi, kashtado’z va b.) uchun badiiy buyumlar bezagi eskizlarini tayyorlagan. Uning eskiz- lari asosida yaratilgan badiiy buyum- lar ko’rgazmalarda yuksak baholangan. Naaoiy teatri uchun sahna pardalari, kashtado’zlik («gulko’rpa», popopda ti- kilgan, ipak, Baxmal, 1965), zardo’zlik («San’at xalqnikidir», 1958; «Bay- RAM», 1958, hamkorlikda; «girix», 1962 va b., hammasi amaliy san’at muzeyida) uchun yaratgan badiiy kompozisiyalari, ayniqsa, diqqatga sazovor.