SUG’URTA DALOLATNOMASI

SUG’URTA DALOLATNOMASI – sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada molmulkning zararlanish yoxud nobud bo’lish sabablari, ko’rilgan zarar miqdori va boshqa ko’rsatkichlar bo’ladi. Dalolatnomaga zarur hollarda sug’urta hodisasi va mol-mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong’inga qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo’jaligi, veterinariya xizmati va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug’urta munosabatlarida sug’urta dalolatnomasini adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.