SUG’URTA SHARTNOMASI

SUG’URTA SHARTNOMASI – fuqaro yoki yuridik shaxs (sug’urta qildiruvchi) bilan sug’urta tashkiloti (sug’urtalovchi) o’rtasida vujudga kela- digan fuqarolikhuquqiy munosabat- lar asosi. Sug’urta bo’yicha majburi- yatlar shartnoma tuzish yoki majburiy sug’urtani rasmiylashtirish orqali Vu- judga keladi. S.sh. yozma shaklda tuzili- shi lozim. S.sh. bitta hujjatni tuzish asosida yoki sug’urtalovchi tomonidan sug’urta qildiruvchiga uning yozma ariza- si yoki og’zaki murojaatiga binoan imzo- lanadi. S.sh.ning shartlarini o’z ichiga olgan sug’urta polisi (guvohnomasi) top- shirish yo’li bilan tuzilishi mumkin. Sug’urtalovchi shartnoma tuzish chog’ida sug’urtaning alohida turlari bo’yicha S.sh.ning o’zi ishlab chiqqan shakllarini qo’llashga hakli. S.sh.ning muhim shartlari O’zbekiston Respublikasi FK da (929modda) belgilab qo’yilgan. Mul- kiy S.sh.da sug’urta qildiruvchi bilan sug’urtalovchi o’rtasida: sug’urta ob’ek- ti bo’lgan muayyan molmulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to’g’risida; yuz berishi ehtimoli tutilib sug’urta amalga oshiri- layotgan voqea (sug’urta hodisasi)ning Xu- susiyati to’g’risida; sug’urta puli mikdo- ri to’g’risida; sug’urta tovoni mikdorini aniklash tartibi haqida, agar shartno- mada uni sug’urta pulidan oz miqdorda to’lash mumkinligi nazarda tutilgan bo’lsa; sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati; shartnomaning amal qilish muddati haqida kelishuvga eri- shilishi lozim. Shaxsiy S.sh.da taraflar o’rtasida: sug’urtalangan shaxs g’aqida; sug’urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimoli tutilib sug’urta amalga oshiri- layotgan voqea (sug’urta hodisasi)ning Xu- susiyati; sug’urta puli mikdori; sug’urta mukofotining mikdori va uni to’lash muddatlari; shartnomaning amal qilish muddati va b. xaqida kelishuvga erishi- lishi lozim. S.sh. tuzilayotganda sug’urta qildiruvchi o’ziga ma’lum bo’lib, sug’urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak za- rar mikdori (sug’urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan xrlat- larni sug’urtalovchiga xabar ^lishi shart. S.sh. bo’yicha taraflar o’z majburiyatla- rini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qonun hujjatlarida bel- gilab qo’yilgan tartibda va asoslarda javobgar bo’ladi. S.sh. amal qilishining boshlanishi, muddatidan oldin be- kor bo’lishi yoki o’zo’zidan haqiqiy hisoblanmasligi hollari qonunda ko’rsatilgan. Umrbod S.sh. 20 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan fuqarolar bilan tuzila- Di. 1guruh nogironlari bilan bunday shartnoma tuzilmaydi. Sotiboldi Boboqulov.