Suls, xatti suls
Suls, xatti suls — xattotlik US- lubi; Arab yozuvidagi xat uslublari dan biri. Go’zalligi tufayli «xatlar imo- mi», deb atalgan. Kufiy xatidan keyin ixtiro qilingan bo’lib, ijodkori Ibn Muqla. Harflarning 4 qismi to’g’ri, ikki qismi egri chiziqlar dan iborat (nomi ham shundan: S. So’zi bir narsa- ning 1/3 qismi yoki 3-qismi degan ma’- noni bildiradi). S.da «alif», «dol» va «lom» harflari gajakli bo’ladi, «dol», «re» va «vov» harflari nafis buralma (shamra) bilan tugaydi; so’z oxirida «ho» harfi cho’ziq yoziladi. S. dastlab rasmiy qujjatlarni yozish, keyinroq Qur’on ko’chirishda qo’llanilgan; kitoblardagi Shams naqshi ichidagi yozuv, asar nomla- ri, Qur’on va hadislardan keltirilgan ibora va jumlalar S.da bitilgan. Kito- blarda, maxsus mufradot yoki qitalarda ham qo’llanilgan. Yoqut Musta’simiy S. yozuvida maxsus («yoqut sulsi» yoki «yoqut ta’riyqi» deb ataluvchi) uslub yaratgan.