Sumbar

Sumbar — Turkmaniston va Erondagi daryo (qisman Turkmaniston bilan Eron chegarasidan okadi). Atrek daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 245 kilometr, havzasining maydoni 8300 km2. Kopetdog’ tog’laridan (Eronda) boshlanadi. Quyi oqimida yiliga 2-5 oygacha qurib qoladi. Yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinadi. Asosiy irmog’i — Chandir (chapdan). Sumbardan sug’orishda foydalaniladi. Vodiysi subtropik bog’dorchilik rayoni.