Sumbar
Sumbar — Turkmaniston va Erondagi daryo (qisman Turkmaniston bilan Eron chegarasidan okadi). Atrek daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 245 kilometr, havzasining maydoni 8300 km2. Kopetdog’ tog’laridan (Eronda) boshlanadi. Quyi oqimida yiliga 2-5 oygacha qurib qoladi. Yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinadi. Asosiy irmog’i — Chandir (chapdan). Sumbardan sug’orishda foydalaniladi. Vodiysi subtropik bog’dorchilik rayoni.
O‘xshash so‘zlar
- Sumba
- Sumbula
- Sumbulsoch, suvsumbul, Zuhra sochi
- Sumgait
- Sumi
- Sumi viloyati
- Sumsar svitasi
- SUMSARSHERTOG’ TOG’LARI






