Suv bilan davolash
Suv bilan davolash, gidro- terapiya — davolash, gigiena va Profi- laktika maqsadida suvdan foydalanish. Bu muolaja qadimdan ma’lum. 19-a.ga kelib ilmiy jixatdan asoslab berildi. S.b.D. muolajalari dush, vannalar, yuvi- nish, badanni xo’l sochiq bilan ishqalab artish, boshdan suv quyish, ho’l choyshabga o’ralib yotishdan iborat. S.b.D.da teridagi nerv oxirlari (re- tseptorlar)ga suvning tra, mexanik va kimyoviy omillari ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sirotlar reflektor ravishda marka- ziy nerv sistemasi orkali organizmning barcha a’zolari va sistemalarida javob reaktsiyasini paydo qiladi. Xususan, kasal a’zoda juda kuchli reaktsiya paydo bo’ladi. Garchi ko’pchilik suv muolajala- rini uy sharoitida mustaqil ravishda o’tkazish mumkin bo’lsada, biroq ularni faqat vrach tavsiya etishi lozim. U har bir bemor organizmining funktsional imkoniyatlariga va reaktivligiga mos keladigan muolajalarni tanlab beradi. S.b.D. muolajalarida suv t-rasi ning qo’zg’atuvchi ta’siri asosiy o’rinni egal- laydi. Muolaja uchun sovuq suv (20° gacha), salqin, ya’ni indifferent suv (20-33°), iliq (37-39°) va issiq suv (40-42°) ishlatilishi mumkin. Tra omilining ta’siri odam gavdasi bilan suv o’rtasida issiqlik energiyasi almashinuvi sodir bo’lishiga asoslangan. S.b.D.ning asosiy maqsadlaridan biri tabiiy omillardan foydalaniladigan boshqa davo usullari- dagi kabi organizmni tetiklantirishdan iborat. Bunga muolajani to’g’ri dozalash yo’li bilan erishiladi. Teriga sovuq va salqin suv bilan ta’- sir qilinganda undagi mayda tomirlar siqiladi, issiqlik yo’qolishi kamaya- Di. Teri tomirlarining torayishi qon oqishiga qarshilikni kuchaytiradi, bu esa yurak qisqarishlarini tezlashtiradi va zo’raytiradi, qon bosimi bir oz oshadi. Sovuq suv nerv sistemasiga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Bunda teri oqaradi va ushlab ko’rilganda sovuq tuyuladi (reak- tsiyaning birinchi fazasi). Sovuq suv bi- lan ta’sir qilish davom ettirilaversa, terining toraygan tomirlari kengayadi, bunda tomirlar devori muskulaturasi tonusi oshadi va qon oqimi tezlashadi. Bu organizmning issiqlik yo’qotishiga va moddalar almashinuvining kuchay- ishiga olib keladi. Teri qizaradi va ushlab ko’rganda iliq tuyuladi (reaktsiya- ning ikkinchi fazasi). Bemor ilib, juda rohatlanadi, engil tortadi va tetik bo’ladi. Sovuq va salkin suv ta’sirini mexanik ta’sirot — ishqalash, uqalash bilan qo’shib olib borilsa, rohatbaxsh sezgi paydo bo’ladi. Indefferent, ya’ni gavda t-rasiga yaqin tradagi suv tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, biroq muolajaning uzoq da- vom etishi odamni xrldan toydiradi. Iliq suv nerv sistemasini tinchlan – tiradi va uyquning yaxshilanishiga yor- dam beradi. Issiq suv ta’sirida dastlab teri to- mirlari qisqa muddatga torayadi. Bunda yurak urishi tezlashadi, kon bosimi bir oz oshadi, ko’p ter chiqadi. Keyin teri tomirlari juda kengayib ketadi, biroq tana ancha issiq suv ichida bo’lganidan issiklik ajralmaydi. Bu muolajada yurak tomir sistemasiga zo’r kelishi sa- babli qon aylanishining buzilishi, ste- nokardiya, gipertoniya kasalligida, shu- ningdek, ro’yi rost aterosklerozda issiq suv muolajalari buyurilmaydi. S.b.D.da tra ta’sirini, muolaja da- vomliligini, ta’sir etish maydonini o’zgartirish yo’li bilan organizmning qator a’zolari va sistemalarida turli reaktsiyalarni paydo qilish mumkin. S.b.D. muolajalarida tra omili bi- lan bir katorda mexanik omil — suv bo- simi (umumiy vanna qabul qilishda) va uning oqimidan g’am (dush, cho’milishda) foydalaniladi. Buning ta’sirida ma’- lum darajada terida va ichki a’zolarda qon aylanishi o’zgaradi; teri venala- ri bosiladi va yurakka qon oqib keli- shi ancha ortadi va qorin bo’shlig’idan qon oqib ketishi kuchayadi. Zarurat bo’lganda (davo maqsadiga qarab) mexanik qo’zg’atishni qo’shimcha tazyiq — uqalash, massaj yoki suvni tegishli bosim ostida yuborishga imkon beradigan maxsus mos- lamalar qo’llash yo’li bilan kuchaytirish mumkin. Oddiy (chuchuk) suvning kimyoviy qo’zg’atuvchi ta’siri juda kam, mineral suvlar, dengiz suvi (q. Balneoterapiya), shuningdek, davo maqsadida terini ta’- sirlash uchun moddalar (turli ekstratlar va b.) qo’shilgan suv ancha kuchli ta’sir ko’rsatadi. S.b.D. organizmni chiniqtirish, shu- ningdek, ba’zi kasalliklarni davolash- da yaxshi naf beradi. Mas, sovuq suv bi- lan o’tkaziladigan muolajalar nerv va yuraktomir sistemasi funktsiyasining ba’zi buzilishlarida, moddalar Alma- shinuvini oshirish maqsadida (mas, yog’ bosishda) buyuriladi. Issiq S.b.D. turli surunkali yallig’lanish kasalliklarida qo’llanadi (yana q. Vannalar).