Suv sarfi

Suv sarfi – suv oqimining ko`ndalang kesimidan muayyan vaqt davomida oqib o`tgan suv miqdori. Daryo, kanal, jilg`a, anhorlarning suv sarfi soniyasiga kub metr (m.kub/sek) hisobida, buloq, kichik ariq, quduqlar suv sarfi soniyasiga litr (l/sek) hisobida beriladi.