Suvning tiniqligi qanday o’lchanadi?

Odamlar suvning tiniqligini o’lchash uchun yuz yillardan beri Sekki gardishidan foydalanadi. U diametri 30 santimetr bo’lgan metall gardishdir. Kema o’lchash nuqtasiga chiqqach, uning bortidan gardish suvga tushiriladi. U yonlama (gorizontal) holatda bo’lishi kerak. Gardish ko’zga ko’rinadigan eng so’nggi chuqurlik bilan suv yuzasi o’rtasidagi masofa tiniqlikdir. Ko’l (dengiz, okean, daryo) suvining tiniqligi bu joyda falon metrni tashkil etar ekan, deyiladi. Baykal suvi nihoyatda tiniqligi bilan mashhur. Ammo yer yuzining boshqa joylarida undan ham tiniqroq va tozaroq suvliklar bor ekan. So’nggi ma’lumotlarga qaraganda (ular 1986 yili olingan), Antarktida sohillarini yuvadigan Uedella dengizi dunyodagi suvi eng tiniq dengiz ekan. 7 gradus 23,6 minut Janubiy kenglik va 15 gradus 2,5 minut g’arbiy uzunlik koordinatlari nuqtasida suvga tushirilgan oq Sekki gardishi suvga 79 metrgacha tushirilganda ham ko’rinib turdi. Atrofdagi suvlarning tiniqligi esa 70 metrdan oshmadi. Nima bo’lganda ham, bu ajoyib natija. Hisob-kitoblarga qaraganda, distillangan suvning tiniqligi 80 metrdir.