Suyurg’ol

Suyurg’ol-biror hukmdor tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan shaxslarga berilgan in’om. Suyurg’olga berilgan yer nasldan-naslga meros bo’lib o’tgan. Uning egasi davlat soliqlaridan ozod etilib, olgan daromadi va mahalliy aholidan o’z ixtiyoricha foydalanish huquqiga ega bo’lgan. O’rta Osiyoda suyurg’ol Amir Temur hukmronligi davrida (1370-1405) keng tus olgan. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning ayrim viloyatlarini shu yerlarning sobiq egallariga, o’z o’g’illariga, nevaralariga, shu yerlarning sobiq egalariga, o’z o’g’illariga, nevaralariga, ba’zan alohida xizmat ko’rsatgan amirlarga, qo’shin boshliqlariga suyurg’ol qilgan.  XVI asrdan boshlab suyurg’olning avvalgi tartibi o’zgardi. Shayboniylar hukmronligining so’nggi yillari va ashtarxoniylar, hukmronligi davrida ayrim qishloqlar, yer maydonlari, hatto shu yerlardan undirilgan soliqlarning bir qismi ham suyurg’ol tariqasida beriladigan bo’ldi. XVIII-XIX asrning birinchi yarmida suyurg’ol xarakteri tubdan o’zgarib, uning faqat merosiyligi saqlanib qoldi.