TABOSHAR

TABOSHAR — 9-10 asrlarda Iloq konlari guruhidagi metall koni. Qurama tizmasi Janubi g’arbiy yon bag’ridagi Qoramozor tog’ining Tabosharsoy havzasida joylashgan. Konda 50 dan ortiq shaxta bo’lib, ularning ko’pchiligi qiya va tik holda, uzunligi 70 metrgacha. Soyning o’rta qismida rudaning uzunligi 1 kilometrgacha, tarkibida har xil minerallar, kumush, qo’rg’oshin, ba’zan mish’yak ham uchraydi. Soyning o’ng sohilida 20 tacha shaxta joylashgan, ulardan taxminan 1,5 kilometr Janubroqda yana 8 ta yirik shaxta bor. Bir necha shaxta Taboshar-Konjo’l yo’li bo’ylab ketgan.