TADBIQIY POLITOLOGIYA

TADBIQIY POLITOLOGIYA — siyosiy fanning yo’nalishlaridan biri. U bevosita siyosiy jarayonlarni o’rganish, ular to’g’risida hukm yuritish va aniq xulosalar asosida tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Tadbiqiy politologiya bixevioristik yo’nalish asosida Ikkinchi Jahon urushidan so’ng vujudga keldi va u asosan siyosiy tahlilning empirik usullariga tayanadi.