TA’LIM

TA’LIM – l) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo’naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash, g’oyaviyaxloqiy qadriyatlar, malaka, ko’nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim.