TANTAL

TANTAL (yunon mifologiyasidagi Tantal nomidan). Ta— Mendeleev davriy sistemasining V guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 73, atom molekulasi 180,9479. 2 ta tabiiy izotopi bor: birinchisi radioaktiv 180 ta (0,012%), ikkinchisi barqaror — |8|ta(99,99%). Tantalni 1802 yilda shved kimyogari A. Ekeberg kashf qilgan. Metall hoddagi Tantalni ilk bor nemis kimyogari V. Bolton 1903 yilda ajratib olgan. Tantal Yer po’stining massa jihatidan 210^4% ini tashkil qiladi. Tantal tabiatda doim niobiy bilan birga kolumbit (Fe, Mn) (NbO3)2 va tantalit (Fe, Mn) (Tao3)2 minerallari holida uchraydi. Tantal bir oz ko’kimtirkulrang metall. Sof Tantalning suyuqlanish temperaturasi 2996°; zichligi 16,6 g/sm3. Tantalni bosim ostida mexanik ishlash mumkin. Tantal havosiz joyda qizdirilsa, o’zidan ko’p miqdorda elektron chiqaradi. Tantal kimyoviy jihatdan juda barqaror, korroziyaga uchramaydi, asl metallardan keyin birinchi o’rinda turadi. Faqat, ftorid kislota bilan nitrat kislota aralashmasida va suyultirilgan ishqorlarda eriydi. Tantal birikmalarida 2, 3, 4 va, asosan, 5 valentli. T. ftor bilan odatdagi trada (Tag’5), xlor bilan 250° dan yuqori temperaturada (Tas15, Tas13, Tas14), brom bilan 300° dan yuqori temperaturada (Tavg5, Tavg3,Tavg2), yod va oltingugurt bilan cho’g’lanish trasida birikadi. Tantal azot bilan 300° da reaktsiyaga kirishadi. Tantal uglerod, bor, kremniy, fosfor, selen, tellur, suv bugi, uglerod (P)oksid, vodorod xlorid, vodorod bromid, vodorod yodid va boshqa moddalar bilan reaktsiyaga kirisha oladi. Tantalning havoda qattiq qizdirilishidan hosil bo’ladigan tantal (u)oksid Ta2O5 nihoyatda barqaror modda. Tantal juda ko’p metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Tantalni olish uchun tarkibida juda oz Tantal va niobiy bo’lgan rudalarni boyitib, avval tantalit (kolumbit) kontsentrat hosil qilinadi. So’ngra kontsentratni ftorid kislota bilan sulfat (yoki nitrat) kislota aralashmasida eritib, Tantal va Niobiyning kompleks kislotalari N2tag’7 hamda H2NbF7 hosil qilinadi. H2ToF7 kislotaning kaliyli tuzi K2tag’7 suvda erimasligidan foydalanib, Tantal niobiydan ajratiladi. K2tag’4 ni natriy bilan qaytarib Tantal olinadi. Suyultirilgan K2tag’7 ni elektroliz qilish yo’li bilan ham Tantal olish mumkin. Tantal odam va hayvonlar organizmida massa jihatidan 10~5% miqdorda jigar, buyrak, suyak va yumshoq to’qimalarda uchraydi. Biologik roli hali aniqlanmagan. Organizmning tirik to’qimalari bilan o’zaro ta’sir etmasligi sababli Tantaldan jarroxlikda keng foydalaniladi. Tantal elektronikada, kimyo mashinasozligida, yadro energetikasida, tibbiyot asboblari tayyorlashda, metallurgiyada maxsus po’latlar ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda keng qo’llanadi. Ad.: Parpiev N.A., Rahimov X. P., Muftaxova. F., Anorganik kimyo, T., 2003; Kae o’mo va S. S. Biogennie Elemento’, T., 1990. Zikrilla Isaboev.