TARAQQIYOTNING “O’ZBEK MODELI”

TARAQQIYOTNING “O’ZBEK MODELI” — O’zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo’lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo’ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligi. Mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi. Mamlakatimizda eski ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan, Sobiq Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo’yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski tizimi tugatildi. Taraqqiyotning ―O’zbek modeli jamiyatni isloh etish uchun quydagi tamoyillarga asoslanadi: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; Davlat – bosh islohotchi; Qonunning ustuvorligi; Kuchli ijtimoiy siyosat; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.