TASLIM BO’LISH

TASLIM BO’LISH (so’zsiz taslim bo’lish, kapitulyasiya) — urushayotgan tomonlardan birining yengilganligiga iqror bo’lib, qarshilik ko’rsatishni to’xtatishi va qurolni tashlashi. Taslim bo’lish kapitulyasiya to’g’risidagi hujjatni imzolash tarzida uzil-kesil rasmiylashtiriladi.