Termik pech

Termik pech — metall buyumlarga termik (issiklik) yoki kimyoviytermik ishlov berish uchun mo’ljallangan sanoat pechi. Ishlash uslubi jihatdan davriy (vannali pech, kamerali pech, aerodinamik qizdirish pechi va b.) va uzluksiz (induktsion qizdirish qurilmasi, sim cho’zish pechi va b.) ishlaydigan turlarga bo’linadi. Davriy T. p., asosan, mashinasozlik sanoatida metall buyumlarni donalab yoki kichik seriyalab ishlab chiqarishda, uzluksiz T.p. esa ko’p seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishda qo’llanadi. T. plar gaz yoki elektr tokida ishlaydi. Elektr tokida ishlaydigan pechlarda qizdirish kuchliroq va aniqroq chiqadi. T.p.larda list materiallar toblanadi, normallanadi va bo’shatiladi, t.y. transporta g’ildiraklari va g’ildirak bandajlari, uglerodli va zanglamas po’latdan hamda ranga i metalldan tayyorlanadigan polosalar termik ishlovdan o’tkaziladi.