TOG’ jinslari

TOG’ jinslari – er po’stini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega bo’lgan tabiiy mineral agregatlar. «T.j.» termini hoz. ma’noda 1798 y.dan beri ishlatilib kelinadi. Odatda T.j. deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng ma’noda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. T.j.ning kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi. T.j.dagi minerallar foizi, ularning mineral tarkibini aniqlaydi. Kelib chiqishiga qarab ular 3 guruhga bo’linadi: magmatic (otqindi), cho’kindi va metamorfik jinslar (q. Magmatik tog’jinslari, metamorfik tog’jinslari, cho’kindi tog’jinslari). Er po’stining 90% ga yaqin qismi magmatik va metamorfik, qolgan 10% cho’kindi tog’jinslaridan iborat, ammo Er yuzasining 75% maydonini cho’kindi tog’jinslari egallaydi. T.j.ning kelib chiqishida mineral tarkibidagi farqi ularning kimyoviy tarkibi va kimyoviy xususiyatlarida o’z aksini topgan. Asosan, silikatli minerallardan iborat magmatik T.j.ning kimyoviy tarkibida kremniy kislota ko’p bo’ladi. Tarkibidagi SiO2 miqdoriga qarab magmatic T. j. nordon (65% dan ortiq), o’ta (55— 65%) va asosli (50% dan oz) jinslarga bo’linadi. Bundan tashqari, tarkibida SiO2 juda ko’p bo’lgan (75% dan ortiq) o’ta nordon va juda kam (40% dan kam), lekin, magniy oksidiga boy — o’ta asosli jinslar buladi. Ishqorli metallarga boy jinslar ishqorli jinslar deyiladi. Cho’kindi T.j.ning kimyoviy tarkibi magmatik jinslarnikidan differentsiyalanganligi, jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibining turlicha bo’lishi, suv, karbonat kislota, organik uglerodning ko’p mikdorda bo’lishi bilan farqlanadi. Metamorfik T.j. tarkibiga ko’ra, cho’kindi (tub jins) jinslarga eki magmatik jinslarga yaqin turadi, qayta kristallanish va metasomat jarayonida ko’pgina rudali elementlar jamlanib rudali konlar hosil qiladi. T.j. zichlik, elastiklik, pishiqlik, issiklik, elektr va magnit xususiyatlariga ega. T. j.ning xususiyatlari ularning mineral tarkibi, tuzilishi va tashqi sharoitiga bog’liq. G’ovaklik va darzlik T. j. xossalarini aniklaydigan muhim parametrlardir. G’ovakchalar qisman suyuqlik bilan to’lgan bo’lishi mumkin, shuning uchun T.j.ning xossalari kattik., gazsimon va suyuq fazalarning xususiyatlari va ularning nisbiy mikdoriga ham bog’liq. G’ovaklik va darzlik T.j.ni neft va suv kollektori sifatida baqolashda, hamda ularning buloqqa, burg’i qudug’i va b.ga oqib kelish tezligini aniklashda muhimdir.T.j.ningnamlikvagazsig’imi, suv va gaz o’tkazuvchanligi ham ularning g’ovakliligi bilan aniqlanadi. Magmatik T.j.da gazli bo’shliklar miqdori 60— 80% ga etadi (mas., pemza va pemza tuflari). Cho’kindi T.j.da cho’kindi hosil bo’lish jarayonida g’ovakchalar vujudga kelib, tsementlanish vaktida berkilishi yoki saklanib qolishi mumkin. Metamorfik T.j.da g’ovakchalar kam buladi, faqat yoriklar (darzliklar) bo’lib, ular jinslar soviyotganda paydo bo’ladi. T.j.ning zichligi ularning g’ovakligi va mineral tarkibi bilan bog’liq. Rudali minerallar yuqori zichlikka ega (mas., piritda — 5000 kg/m3 gacha, galenitda 7570 kg/ m3gacha); cho’kindi tog’jinslari minerallarining zichligi kam (mas., tosh tuzining zichligi 2,2 g/ sm3). T.j.ning issiklik sig’imi, xajmning issiklikdan kengayish koeffitsenti va b. birinchi galda ularning mineral tarkibi bilan aniklanadi. T.j.ning mustahkamlik, taranglik xususiyatlari issiklik va elektr utkazuvchanligi, asosan, jinslarning tuzilishi va ayniqsa donachalarning uzaro boglanish kuchiga bog’liq. Fizik xossalari katlam tekisliklari yo’nalishida bir xil bo’lsa, ko’ndalang yo’nalish bo’ylab boshqacha bo’ladi. T.j.ning cho’zilishga chidash darajasi, issiklik o’tkazuvchanlik, elektr o’tkazuvchanlik, dielektrik va magnit o’tkazuvchanlik xususiyatlari qatlam yo’nalishi bo’ylab, siqilishga chidash darajasi esa ko’ndalang yo’nalish bo’ylab ko’proq bo’ladi. Mayda donador T. j.da mustahkamlik yuqori bo’lsa, yirik donador T.j.da past bo’ladi. Siqilishga chidash darajasi ayniqsa, tolasimon tuzilgan mayda donador jinslarda yuksak (mas., nefritda 500 Mn/m2). Ko’pgina cho’kindi jinslarda (tosh tuzi, gips va b.)da sikilishga chidash darajasi past. T. j., odatda, issiklikni yomon o’tkazadi, g’ovaklik ortishi bilan ularning issiklik utkazuvchanligi yanada susayadi. Tarkibida yarim o’tkazgichlar (grafit, temir va polimetall rudalari va b.) bo’lgan jinslarda issiklik o’tkazuvchanlik xususiyati ko’p bo’ladi. T.j.ning kupi dielektrik va yarim o’tkazgichlarga kiradi. Ularning magnitlanish xossalari, birinchi galda, ular tarkibidagi ferromagnit minerallar (magnetit, titanmagnetit, pirrotin)ga bog’liq. T.j.ning xossalari mexanik (bosim), issiklik (tra), elektr, magnit, radiasion (kuchlanish) va moddiy (suyuklik, gaz va b.ga to’yinganligi) maydonlarning ta’siriga bog’liq. Bosim ta’sirida jinslar zichlashadi, g’ovaklar eziladi, donachalarning kontakt maydoni kengayadi, shu tariqa T. j.ning xossalari o’zgaradi. Odatda, bosim ortishi bilan elektr va issiklik o’tkazuvchanlik, mustahkamlik va b. oshib boradi. Issiklik ayrim minerallarning erib zichlashishi, parchalanishi, buglanishiga olib keladi, natijada T. j. xossalari o’zgaradi. Elektromagnit maydonlarning kuchlanishi va chastotasi T. j.ning elektromagnit va radiotulqin xususiyatlariga katta ta’sir kursatadi. T. j.foydali qazilma sifatida uziga xos mustahkamlik, abrazivlik, qattiqlik, parmalanish darajasi, portlashga chidamliligi va b. texnologik xususiyatlarga ega. Ularning moddiy tarkibi, fizik va kimyoviy xususiyatlari geofizika, geol. (jumladan, muxandislik geol.si) va konchilik sanoatida informasiyalarning asosiy manbai hisoblanadi.