Tog’li badaxshon muxtor viloyati

Tog’li badaxshon muxtor viloyati — Tojikiston Respublikasi tarkibidagi Muxtor viloyat. 1925 y. 2 yanv.da tashkil etilgan. Viloyat respublikaning Sharqiy qismida joylashgan. Shim.dan Qirg’iziston, sharqdan Xitoy, Jan. va g’arbdan Afg’oniston, shim. g’arbdan respublikaga qarashli’ tumanlar va Xatlon viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 63,7 ming km2. Aholisi 206 ming kishi (2001), asosan, tojiklar, shuningdek, qirg’iz, uzbek, rus, ukrain, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyatda 7 tuman, 1 shahar (Xorug’), 42 qishloq bor. Markazi — Xorug’sh. Viloyat hududida qadimdan aholi yashab kelgan. Mil. AV. 6—4a,larda sak qabilalari, mil. AV. 2-a.da esa toxarlar va b. xalklar yashagan. Viloyat (yoki uning bir qismi) uzoq o’tmishdan turli davlatlar va sulolalar — eftalit (haytal) lar davlati (mil. 5-a.), Turk xoqonligi (6-a.dan), Somoniylar (9— 10-a.lar, G’uriylar (12-a.), mo’g’ullar (13-a.), Temuriylar (15— 16-a.lar), Shayboniylar (16-a.ning oxiri) va Ashtarxoniylar tarkibida bo’lib keldi. So’ng Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi tasarrufiga o’tgan. 1274 y. Badaxshondan o’tgan Marko Polo ma’lumotlariga ko’ra, bu erda kumush, la’l va b. qimmatbaho toshlar qazib olingan. 1923 y. iyulida tog’li Badaxshon viloyat sifatida Turkiston Muxtor Respublikasi tarkibiga qo’shilib, 1925 y.da Tojikiston Muxtor Respublikasi tarkibiga kiritilgan. Viloyat hududi Pomir tog’larida joylashgan. U g’arbiy (kichik) va Sharqiy (katta) qismlarga bo’linadi. G’arbiy qismi pastroq bo’lib, parchalanib ketgan. Panj daryosi o’ng irmoqlarining chuqur tor vodiylari g’arbdan sharqqa kesib o’tadi. Ularni vodiy tubidan 3000-4000 m balandlikdagi tizmalar ajratib turadi. Sharqiy qismi baland tekis tog’lik bo’lib, yassi vodiy va soyliklar ustidan ko’tarilib turadi. G’arbiy qismida eng past joylar 1500 m dan, Sharqiy qismida 3600 m dan past emas. G’arbiy qismining iqlimi mo»tadil kontinental. Yanv.ning o’rtacha trasi — 19,6°, iyulniki 13° (Murg’ob), yillik yog’in — 60-70 mm. G’arbiy qismining asosiy daryolari: Panj va uning irmoqlari (Vanj, Yazg’ulom, Bartang, G’unt (Shoxdara bilan birga). Sharqiy qismining daryolari: Murg’ob (Oqsuv bilan birga), Alichur. Ko’l ko’p emas. Sharqiy qismida oqmas ko’llardan Qorako’l (eng yirigi), Sho’rko’l, Rangko’l va b. Oqar ko’llardan — Sarez ko’li, Yashilko’l va Zo’rkul. G’arbiy qismining tuproqo’simlik qoplami qamma mintaqalarida ham kserofit xususiyatga ega: quyi mintaqalarda — cho’ldasht tuproqlarda shuvoq, chalov, betaga, tog’cho’qqilari yaqinida yostiqsimon o’tlar (akantolimonlar), bardidoshlar, kobreziya o’sadi. Daryo chetlarida tol, terak, jiyda, yon bag’irlarda siyrak holda archazorlar bor. Sharqiy qismida — balandtog’cho’l tuproklarida teresken va yostiqsimon o’tlar uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan buri, tulki, tovushqon, Bars, tog’echkisi, uzun dumli sug’ur, yirik yirtqich qushlar bor. G’arbida silovsin, jayra, qobon, sharqida arxar yashaydi. Daryo va ko’llarda baliq ko’p. Xorug’sh. yaqinida 1933 y.dan Pomir Botanika bog’i faoliyat ko’rsatadi. Foydali qazilmalardan: tog’billuri, oltin, kumush, simob, volfram, molibden,, osh tuzi, asbest, kumir; qimmatbaho toshlardan la’l, lojuvard va b.; marmarning bir necha turi bor. O’nlab buloklar bo’lib, ular orasida Garmchashma shifobaxsh bulog’i respublikadan tashqarida ham mashhur. Viloyat iktisodiyotida qishloq xo’jaligi. ning o’rni katta. Viloyat g’arbida yashovchi aholi dehqonchilik va chorvachilik, sharqidagi aholi faqat chorvachilik bilan shug’ullanadi. Qo’tos etishtiruvchi xo’jaliklar ham mavjud. G’allachilik va pillachilik rivojlangan. Bog’dorchilik, kartoshka va sabzavotchilik hamda tamakichilik bilan ham shug’ullaniladi. Hunarmandchilikda gilam to’qiladi va kigiz bosiladi. Sanoatining energetika (Xorug’, Qal’ai Xumb, Vanj, Oqsuv GESlari), engil, oziq-ovqat (non, sut, go’sht zdlari) tarmoklari rivojlangan. Osh tuzi, oltin, tog’billuri va b. qimmatbaho toshlar konlari aniklanib, ayrimlarida qazish ishlari olib borilmoqda. Asosiy avtomobil yo’li Xorug’ — O’sh (697 km) va Dushanba — Xorug’ (528 km). Dushanba — Xorug’havo yo’li mavjud. Rudakiy nomidagi viloyat musiqali teatri, kutubxonalar ishlab turibdi. Nasriddin Mamanazarov.