To’pchiboshi

To’pchiboshi-harbiy lavozim. O’rta Osiyo xonliklarida harbiy ishlarni boshqargan shaxs. Buxoro amirligida ikkita to’pchiboshi unvoni bo’lgan: biri “to’pchiboshiyi lashkar” nomi bilan atalib, Buxoro garnizonining boshlig’i bo’lgan. Uni “vaziri harb” – harbiy vazir ham deyishgan. Ikkinchi to’pchiboshi poytaxt qal’asining komendanti bo’lgan. Uni to’pchiboshiyi arki-oli, ya’ni qal’a artilleriyasining boshlig’i deyishgan.