To’rtko’l shahri haqida eshitganmisiz?

To’rtko’l shahri haqida eshitganmisiz? – Qoraqalpog’iston ASSRda. Bu so’z shahar, qishloq nomlari sifatida O’zbekistonning boshqa joylarida, Qozog’istonda, Moldaviyaning ayrim oblastlarida uchraydi. Xalq orasida To’rtko’l nomining kelib chiqishi haqida ko’p afsona bor. Masalan, To’rtko’l ovulida to’rtta badavlat boy bo’lgan, ular o’z chorbog’lariga gul ekib, olamga dongi ketgan emish. Shu boylarning gul ekiladigan bog’i “to’rtgul” deb atalgan yoki bu qishloqda chorvachilik bilan nom chiqrgan to’rtta go’zal ayol bo’lgan. Shu xotinlarning go’zalligi tufayli “To’rt gul” deb atalgan. Shuningdek, xalq orasida To’rtko’l so’zining “to’rt+ko’l”, ya’ni “to’rtta ko’l” degan etimologiyasi juda keng tarqalgan. Nemis olimi A.Gabzi to’rtko’l so’zi turkiy tillarga mansub bo’lib “to’rtburchak” ma’nosida qo’llanishini aytadi. Professor H.Hasanov To’rtko’l – to’rt burchakli uy, kichik karvon saroy, atrofi devor bilan o’ralgan joy, uy, usti yassilanib qolgan yolg’iz tepa deb ta’rif beradi. Mazkur so’z xuddi shu ma’noda qirg’iz tilida hozir ham bor. Demak, To’rtko’l “qo’rg’on, atrofi o’ralgan qishloq yoki balanddagi qishloq” ma’nolariga ega.

Fikr bildirish