Toshkent avtomobil yo’llar instituti

Toshkent avtomobil yo’llar instituti – avtomobil xo’jaligi, avtomobilsozlik zdlari, yo’l korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. Toshkent politexnika inti avtomobil va yo’llar FTI negizida 1972 y. tashkil etiyagan. Intda avtomobilsozlik, avtomobil transporti, avtomobil yo’llari qurilishi, avtomobil yo’llari iqtisodi va boshqaruvi, iktidorli talabalar bilan ishlash va magistratura hamda sirtqi ta’lim ftlari bor. Int qoshida lisey, tayyorlov bo’limi, tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari mavjud. Intda 9 yo’nalish bo’yicha bakalavrlar, 11 yo’nalish bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. Intda 34 ta kafedra, 17 ta i.t. guruhlari, aspirantura va doktorantura bo’limlari, kutubxona (400 mingdan ziyod adabiyot) bor. Ishlab chiqarish. korxonalarida kafedra filiallari faoliyat ko’rsatadi. Int tashkil etilganidan beri 31000 dan ziyod oliy malakali mutaxassis etishtirildi. Intda dunyoning 26 mamlakatidan kelgan 450 talaba ta’lim oldi. 2003/04 o’quv yili intda 4100 talaba o’qidi. Int Rossiya, Ukraina, Germaniya, Frantsiya, Angliya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va b. mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari va firmalari bilan hamkorlik qiladi. Int faoliyati o.U. Salimoe, A. A. Mutalibov, S. P. Po’latov, sm. Qodirov, N.R. Rashidov, N.S. Abramov, O. A. G’anixo’jaev vab. olimlar nomi bilan bog’liq.