Toshko’mir sistemasi

Toshko’mir sistemasi (dav-ri), karbon — er tarixi paleozoy erasi boshidan 5geologik davr; devon davridan keyin, Perm davridan oldin o’tgan. Bu davr bundan 350 mln. yil avval boshlanib, 65-75 mln. yil davom etgan. Rossiya, Xitoy, Yaponiyada T.e. 3 bo’limga, G’arbiy Evropada 2 bo’limga bo’linadi. T. e. yotqiziqlari barcha materiklarda tarqalgan. Klassik kesmalari — G’arbiy Evropa (Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya), Sharqiy Evropa (Donbass, Moskva sineklizasi) va shim. Amerika (Appalachi, Missisipi daryosi havzasi va b.)da mavjud. T.s.da platforma va geosinklinallarning o’zaro joylashuvi devon davripagnyaek saqlanib qolgan. Shim. yarim shar platformalarida T.e.ga mansub dengiz yotqiziqlari mavjud. Jan. yarim sharda esa, kontinental yotqiziklar rivojlangan. Geosinklinallarda LAVA, tuf va tuffitlar, flishlar, chaqiq va cho’kindi jinslar ham keng tarqalgan. Geologik jarayonlar xususiyatlari va paleogeografik sharoitlariga ko’ra, T.e. deyarli butun er sharida 2 bosqichga bo’linadi: 1) dastlabki (quyi) karbon; 2) o’rta va yuqori karbon. O’rta paleozoy geosinklinallarining katta qismida gersin burmalanishi natijasida dastlabki karbondan keyin dengizlar o’rni qurigan. Shim.Sharqiy Osiyo, Sharqiy Evropa va Shim. Amerika platformalarida yangi paydo bo’lgan kuruqliklar o’rnini dengizlar egallagan. T.s.da (ayniqsa, 1yarmida) transgressiyalar bo’lib turgan. Dastlabki karbonda Evropa (Skandinaviya va unga yondosh rnlar)dan tashqari, Osiyoning katta qismi, shim. Amerika, Jan. Amerikaning g’arbiy chekkasi, Afrikaning shim.g’arbi, Avstraliyaning Sharqiy qismi dengizlardan iborat bo’lgan. Dengizlar sayoz bo’lib, ularda ko’pgina mayda orollar joylashgan. Yagona yirik qurukdik Gondvana bo’lgan. Kichikroq qurukliklar Skandinaviyadan tortib Atlantikaning shim. qismi, Grenlandiya va shim. Amerika bo’ylab yastanib yotgan. Sibirning Lena bilan Enisey daryolari, Mongoliya bilan Laptevlar dengizi oralig’idagi Markaziy qismi ham quruqdikdan iborat bo’lgan. O’rta karbonga kelib, deyarli butun G’arbiy Evropa, G’arbiy Sibir tekisligi, Qozog’iston, O’rta Sibir va b. rayonlarda dengizlar chekinib, qurukliklar paydo bo’lgan. T.s.ning 2yarmida gersin orogenezi zonalari (Tyanshan, Qozog’iston, Ural, Evropaning shim. qismi, Sharqiy Osiyo, Shim. Amerika)da tog’tizmalari ko’tarilgan. Materiklar iklimi turlituman bo’lib, asrdanasrga o’zgarib borgan. Tropik, subtropik va mo»tadil mintaqalarning sernam iqyaimi hamma materiklarda o’rmon va botqoqlik o’simliklarining keng tarqalishiga imkoniyat tug’dirgan. O’simlik qoldiqlari to’planishi natijasida, ayniqsa, torfzorlarda ko’pdanko’p ko’mir havzalari va ko’mir konlari hosil bo’lgan. Evramerika yoki Vestfaliya (mo»tadil) fitogeografik oblastlar farklanadi. Evramerika oblasti wkjiv.mi T.e. oxiriga kelib ancha quruqlashgan, ayrim joylarda subarid iklim paydo bo’lgan. Qolgan oblastlarda sernam iqlim T.e. oxirigacha emas, Perm davrida ham davom etgan, ayrim hududlar iqlimigina quruq bo’lgan. Turli mintaqalar o’rtasidagi keskin iqlim farqlari o’rtayuqori karbon davrida vujudga kelgan. O’rta karbondan boshlab Balxash ko’li — Enisey daryosi quyilish joyidan Sharqiy qismining iklimi g’arbiy qismiga nisbatan mo»tadil bo’lgan. Ural, Tyanshan, Qozog’iston, Mongoliya — Oxota va b., G’arbiy Evropa, Osiyo, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliya sharqi geosinklinallarida magmatic jarayonlar namoyon bo’la boshladi. Organik dunyosi. Bu davr boshida mayda bargli Plaunsimon o’simliklar, ochiq urug’li paporotniksimonlar (pteridospermalar), sodda bo’g’impoyalilar va paporotniksimonlar (asosan, paporotniklar) ko’p o’sgan. Quyi karbon davridayoq oddiy plaunsimonlar o’rnini yirik daraxtsimon o’simliklar egallagan va ular o’rta karbondakeng tarqalgan. Tropiklarda (Evramerika oblastida) o’rta karbonda baland bo’yli plaunsimonlar, pteridosperma va b. paporotniklar, kalamitlar va ponabarglilardan iborat o’rmonlar hukmron bo’lgan. Shimolroq (Angara oblasti)da quyi karbonda plaunsimonlar, o’rtayuqori karbonda esa kordaitlar va paporotniksimonlar ko’p o’sgan. Gondvana oblastida bu davrda, chamasi, glossopteris flora (ayniqsa, Perm davriga xos) rivojlangan. Mo»tadil iqlimli fitogeografik oblastlarda o’rta T.s.dan erta permgacha flora ancha taraqqiy etgan. Aksincha, tropiklarda yuqori karbonda iklim quruqlashishi ta’sirida botqokli pastliklardagi o’simliklar tubdan o’zgargan. Baland joylarda ignabargli o’simliklar keng tarqalgan. Dengizlarda ko’kyashil suvo’tlar, chuchuk suvlarda ko’mir hosil qiluvchi yashil suvo’tlar juda ko’p bo’lgan. Hayvonot dunyosi turlituman. Dengizlarda foraminiferalar keng tarqalgan, ular shu davrda tez o’zgarib, bir necha o’nlab urug’va minglab turlari paydo bo’lgan. Fuzulinidlarning katta oilasi stratigrafiya uchun ahamiyatli. Mollyuskalar, nautiloideylarning xilmaxil turlari bo’lib, sayoz dengizlarda elkaoyoklilar keng tarqalgan. Ignatanlilardan, ayniqsa, dengiz nilufarlari taraqqiy etgan, ayrim joylarda dengiz kirpisi qoldig’i, blastoideylar uchraydi. Umurtqali hayvonlar, ayniqsa, baliklar sezilarli evolyusion o’zgarishni boshdan kechirgan. Suyakli baliqlar, akulalar taraqqiy etgan. Quruqlikda amfibiyalar, stegosefallar qukmron bo’lgan, sudralib yuruvchilar hali oz edi. Hasharotlar (kapalaklar, ninachi, suvaraklar)ning qoldiklari topilgan, ayrimlari juda katta bo’lgan. Fitogeografik oblastlar Angara yoki Tunguska (Sibir, Qozog’istonning sharqi, Mongoliya) va Evramerika (shim. Amerika, Evropa, Shim. Afrika, Anadolu, Kavkaz, Kozog’istonning o’rta qismi, O’rta Osiyo, Xitoy, Jan.Sharqiy Osiyo) quyi karbondan boshlab ajratilgan. Quyi karbon oxirida Gondvana oblasti (Jan. Amerika, Jan. Afrika, Hindiston, Avstraliya, Antarktida), yuqori karbonda Evramerika oblastidan Xitoy, Jan.Sharqiy Osiyo ajrala boshlagan. Barcha zoogeografik rayonlashtirish sxemalarida shim. tropik bo’lmagan oblast (shim. Osiyo va Arktikaning bir kismi), Jan. tropik bo’lmagan oblast (Avstraliya, Jan. Amerikaning bir qismi) va ular orasida joylashgan tropik oblast (Tetis) ajratiladi. Donesk havzasidagi T.e. kesmasi o’zining tulikligi, ochiqligi, xilmaxil paleontologik qoldiqlarga boyligi bilan klassik kesma hisoblanadi. Bu erda quyi karbon yotqiziqlari ohaktoshlar, o’rta va yuqori karbon yotqizikg’shri esa qalin (6-12 km) ko’mir qatlamlaridan iborat. Foydali qazil mal ari . Toshko’mir va qo’ng’ir kumir barcha materiklar (quruqliklar)da bir qancha havza va konlarni hosil qiladi. Donesk (toshkumir), Moskva yoni (qo’ng’ir kumir), Kuznesk va Tunguska (T.D. va Perm sistemasi ko’mirlari) havzalari; Ukraina, Ural, Shim. Kavkaz va b. konlar; Markaziy va Jan. Evropa [Polsha (Sileziya), Germaniya (Rur), Belgiya, Niderlandiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya] dagi havzalar va konlar shular jumlasidan. T.s.da VolgaUral oblasti, Dnepropetrovskdonesk botig’i va b. joylarda neft va gaz konlari hosil bo’lgan. Bu davrga mansub temir rudasi, marganes, mis (yirigi — Jezqazgan), qo’rg’oshin, pyx; alyuminiy (boksit), o’tga chidamli va keramik gil konlari ham ma’lum. O’zbekiston hududida T.e. yotqiziqlari keng tarqalgan. Uning kesmalari Qizilqum, Nurota tog’larida va uning shim. (Pistali, Xonbandi, Egambelitog’) tog’etaklarida, Chumkartog’, Qoratepa va Chaqilikalon, Olay tog’larining quyi qismlarida, Qorachatir hamda Chatqol, Qurama, Piskom, Sandalash, Ugom tog’larida mavjud. Toshko’mir yotqiziqlari har uchta bo’limda ham tarqalgan bo’lib, ular orasida karbonatli (dolomit va ohaktoshlar, ba’zan kremniylarning qalamcha va Lin – zalari), terrigenkarbonatli (qumtosh, alevrolit, slanes va ohaktoshlar), terrigenvulkanli tipdagi kesmalar mavjud. Dengiz fasiyalari davrning barcha bo’limlarida topilgan. Zoya Abduazimova.