TOSHMASJID MAJMUASI

TOSHMASJID MAJMUASI – Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Vang’ozi qishlog’idagi yodgorlik (16-asr) Ko’p ustunli yirik xonadan iborat yagona jome masjiddir. 2 ta yirik va 16 ta bir xildagi mayda gumbazlar bilan yopilgan. Turli kattalikdagi gumbazlardan tashkil topgan ustun-gumbazli konstruktsiyalari o’ziga xos. Bosh tarzi sharqqa qaragan masjid oldida qad ko’targan minora (balandligi 24 metr) O’rta Osiyola saqlanib qolgan 16-asrga oid shu turdagi inshootlarning eng baland va nafisi sanaladi. Bino (24×40 metr) Janubiy va garbiy tomondan G shaklida qurilgan qator imoraglardan iborat. G’arb qismida Toshmasjid, madrasa, tahoratxona va hammom joylashgan. Toshmasjid majmuasi baland (taxminan 70 santimetr) supa ustiga qurilgan va old tomoni cho’zilib ketgan mahobatli binodir. Markaziy qismidagi baland bezakdor peshtoq va yirik moviy gumbaz ajralib turadi.