Totemizm

Totemizm (shim. Amerika indeeslarining ojibve qabilasi tilidagi «ototem» — «uning urug’i» so’zidan) — ibtidoiy diniy e’tiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning ma’lum guruhi bilan hayvon va o’simliklarning muayyan turlari (ba’zan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) o’rtasida g’ayritabiiy aloqa, qonqarindoshlik bor degan ztiqodga asoslanadi. Hayvonlar, o’simliklar, jonsiz predmetlar totem hisoblangan. Totemlar (ko’pincha hayvonlar) ov qilinmagan, o’ldirilmagan, go’shti eyilmagan, ular go’yo kishilarning kudratli ximoyachisi hisoblangan. Qabila, urug’ har bir a’zosining hayoti va farovonligi totemga bog’liq deb qaralgan. Ular o’z totemini karindoshi, akasi, otasi, do’sti deb hisoblagan. Har bir kabila, urug’o’z totemining nomi bilan atalgan. Totemistik e’tiqod va marosimlar muayyan ko’rinishda ko’p xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan.