Troostit
Troostit (metallurgiyada) — po’lat va cho’yanning tarkibiy qismlaridan biri. Frantsuz olimi L. J. Trust (L.J. Troost; 1825-1911) nomi bilan atalgan. Perlitning yuqori dispersli turi. Austenitning 600° dan past temperaturada parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Elektr mikroskop yordamida Troostitning plastinali tuzilishda ekanligini ko’rish, optik mikroskopda Troostitning yorug’martensit sohalari fonidagi qora sohalarni kuzatish mumkin. Troostitdagi plastinalar orasidagi masofa <0,1 mkm. Troostitning qattiqligi perlit va sorbitnshdan yuqori.
O‘xshash so‘zlar
- Trop
- TROPIK HAVO MASSALARI
- Tropik kasalliklar, issiq mamlakatlar kasalliklari
- Tropik mintaqalar
- Tropik o’rmonlar
- Tropik o’simliklar
- Tropik tsiklon
- Tropik yil






