TSINDAO

TSINDAO — Xitoyning Sharqiy qismidagi shahar, Shandun provintsiyasida. Aholisi 6,99 million kishi (1999). Transport yo’llari chorrahasi. Sariq dengiz bo’yidagi yirik dengiz porti. Mamlakatning to’qimachilik (ip va jun gazlama, zig’ir, trikotaj) sanoati markazi. Transport va boshqa mashinasozlik, radiotexnika, metallurgiya, kimyo, elektronika, rezina, oziq-ovqat, ko’n-teri, tsement sanoati korxonalari mavjud. Baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi. Okeanografiya ilmiy tadqiqot instituti, dengiz muzeyi bor.