TSISTA

TSISTA (Yunoncha — pufak) — ko’pchilik bir hujayrali organizmlarning vaqtinchalik yashash shakli; muhofaza qobig’i. Bir hujayrali hayvonlar (ayrim xivchinlilar, soxta oyoqlilar, sporalilar, infuzoriyalar)da tinim davri va ko’payish Tsistasi bo’ladi. Tinim davri Tsistasi noqulay sharoit (qurg’oqchilik, sovuq)da hosil bo’ladi. Parazit bir hujayralilar Tsistasi ularni tashqi muhit orqali bir organizmdan ikkinchisiga o’tishini ta’minlaydi. Bunday Tsista bir necha yil saqlanib qoladi. Ko’payish Tsistasi qisqa vaqt davomida hosil bo’ladi; bu vaqt davomida tsista ichidagi organizm bo’linib, bir necha organizmni hosil qiladi. O’simliklar va zamburug’larda Tsista ko’pchilik bir hujayrali suvo’tlar (peridinen xrizomonadlar, evglenalar va boshqalar) da hamda xitridievsimon zamburug’larda bor. Tsista hujayra devori qalinlashuvi natijasida, ko’pincha ob-havo yomonlashganda hosil bo’ladi. Qulay sharoit bo’lishi bilan tsista pusti yorilib, organizm o’sa boshlaydi. Bakteriyalarda Tsista grammanfiy bakteriyalar (azotobakter, spiroxetalar va boshqalar)ning anabiotik davrga utishi bilan bog’liq. Bakteriyalar Tsistasining hujayra devori qalinlashgan; radiatsiya va qurg’oqchilikka chidamli. «Tsista» termini mikrobakteriyalar mevali tanasi maxsus qismi — miksosporalar to’plamiga nisbatan ham qo’llanadi.