TSZYULUN

TSZYULUN, Koulun — Syangandagi shahar. Szyulun yarim orolining Janub qismida. Ma’muriy jihatdan Syangan shahar tarkibida. Undan tor bo’g’oz orqali ajralgan. Janubiy Xitoy dengizidagi port. Kemasozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoati korxonalari bor.