TURMUSH DARAJASI

TURMUSH DARAJASI – odatda aholi iste’mol qiladigan hayotiy ne’matlarning miqdori va sifatiga asoslanadi. Bu moddiy ne’matlar tarkibi juda ham xilma-xil. Turmush Darajasi ko’rsatkichlari yaxlit tizimi shakllangan bo’lib, unga tug’ilish, olishva boshqa demografik korsatkichlar, hayotning sanitariya-gigiyena shart-sharoitlari, oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi, sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ish bilan bandlik, mehnat sharoiti, aholining daromadlari va xarajatlari, narx-navo darajasi, transport vositalari, dam olishning tashkil etilishi, ijtimoiy ta’minlanganligi, inson erkinligi kabi ko’rsatkich bilan belgilanadi.