Tushish qudug’i

Tushish qudug’i – tarhi bo’yicha turli ko’rinishda tayyorlanadigan va ichki qismi bo’sh bo’lgan tsilindrsimon qobiq bo’lib, u gruntni qazish jarayonida gruntga joylashtiriladi. Tushish qudug’i asosan bosimning gruntning pastki ancha mustahkam qatlamlariga uzatuvchi chuqur tayanchlar va gruntga chuqur joylashtiriladigan xonalar (inshootlar)ni qurishda qo’llanadi. Temir-beton (yig’ma va quyma) tushish qudug’i uchun asosiy material sifatida xizmat qiladi. Tushish qudug’ining devoir vertikal silliq holatda yoki ichki qismning pastki tomonidan yuqori tomonga so’nib boruvchi pog’onasimon ko’rinishda bajariladi. Grunt ekskovatorlar, greyferlar, gidrozlevatorlar va boshqa yer qazish mashinalari yordamida qaziladi.