U

U — Qadimgi Xitoyda Xan sulolasi parchalanishi natijasida vujudga kelgan Sango (uch podsholik) davri shohliklaridan biri (222-280). Xitoyning Janubiy va Janubiy-Sharqiy hududlarini (Yantszi daryosining o’rta va quyi oqimi va undan Janubdagi yerlar) qamragan. Poytaxti — Szane shahri (hozirgi Nankin). U ga Xan saltanati sarkardasi Sun Syuan asos solgan. Vey va shu podsholiklari bilan uzoq muddat urushlar olib borgan. Yue qabilalarini mustamlaka qilish maqsadida ularga qarshi bosqinchilik yurishlari uyushtirgan. 280 yil G’arbiy Szin imperiyasi tarkibiga kirgan.