“UCHINCHI REYX”

“UCHINCHI REYX” (nem. uchinchi imperiya, uchinchi podsholik) — fashistlar Germaniyasiga natsistlar bergan nom. ―“Uchinchi reyx” termini uch podsholik haqidagi o’rta asr mistik ta‘limotiga asoslangan. ―Uchinchi yoki «ming yillik» reyx (dastlabki ikki reyx o’rta asrlarda mavjud bo’lgan «Muqaddas Rim imperiyasi» va 1871 – 1918-yillardagi Germaniya imperiyasi hisoblangan) haqidagi afsonada fashizm ijtimoiy taraqqiyotning «yakunlovchi», «oliy» bosqichi deb e‘lon qilingan.