Ultratovush

Ultratovush – chastotasi 1520103 Gts dan 10′ Gts gacha bo’lgan elastik tebranishlar va to’lqinlar. Ultratovushni past chastotali (1,5 104 Gts), o’rta chastotali (105-107 Gts) va yuqori chastotali (107-10′ Gts) Ultratovushga bo’lish mumkin. Ultratovush tebranishlarni hosil qilishda ma’lum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan Ultratovush nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda Ultratovush tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir bo’ladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriktsiya va pezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan. Ultratovush suv osti kemalarini izlashda, dengiz (okean) chuqurligini aniklashda, texnologik jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan ba’zi kimyoviy reaktsiyalarni ro’yobga chiqarishda, massa almashinish, kristall o’stirish, elektroliz kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini o’rganishda, materiallar sifatini tekshirishda, moddalarga ishlov berishda, diagnostika va davolashda keng qo’llaniladi.