Ultraqisqa to’lqinlar

Ultraqisqa to’lqinlar – to’lqin uzunligi 1 millimetr (chastotasi 310″ Gts) dan 10 metr (chastotasi 3YU7 Gts) gacha bo’lgan radioto’lqinlar. Ultraqisqa to’lqinlar nurlatkich qurilma (antenna) sining ixcham va kichik burchak bo’ylab yo’naltirilgan xillarini yaratish mumkin. Bunday antennalarning kuchaytirishi katta bo’lganligi tufayli ularning samaradorligi ham yuqori bo’ladi. Ultraqisqa to’lqinlar radioeshittirish va televizion ko’rsatuvlarni keng chastota diapazonida olib borishga imkon beradi.