ULUSBEGI

ULUSBEGI — ulus hokimi. XIII – XVIII asrlarda O’rta Osiyoda Ulusbegi o’z ulusida oddiy hukmdor nomidan ish yurgizgan. Ulusbegi lavozimiga, odatda, xonning qarindosh urug’lari tayinlangan. Ulusbegi oliy hukmdorning har xil topshiriqlarini bajargan, urush paytida safarga hukmdor bilan birga otlangan.