UMUMIY BOZOR

UMUMIY BOZOR – ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin ko’chib o’tishi ta’minlanadigan iqtisodiy integratsiya ko’rinishi. 12 ta G’arbiy Yevropa davlatlari a’zo bo’lgan iqtisodiy uyushma. U 1957-yilda tashkil etilgan bo’lib, uning maqsadlari: boj ittifoqi va hamjamiyatga a’zo mamlakatlar doirasida kapital, tovarlar, ish kuchi, xizmatlarning erkin ko’chib yuradigan umumiy bozorini shakllantirish; unga a’zo mamlakatlarga nisbatan yagona savdo siyosatini, shuningdek, valyuta, qishloqxo’jaligi, transport sohalarida umumiy siyosatnio’tkazish, moliya tizimini birxillashtirish, iqtisodiy va valyuta ittifoqini tuzish va boshqalar. Hozirgi vaqtda ittifoqqa kiruvchi davlatlar o’rtasida milliy chegaralar ramziy tus olib, yagona valyuta va yagona narxlarga o’tilmoqda. Uning oliy organi Brussel (Belgiya) shahrida joylashgan Komissiya va Vazirlar Kengashidir.