UMUMIY MULK

UMUMIY MULK – jamoaga birlashgan hamma kishilarning asosiy ishlab chiqarish vositalariga birgalikda teng munosabatda bo’Iishligi. Mulkning bunday turi tarixan turli ko’rinish va shakllarda mavjud bo’lgan. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi urug‘lar, jamoalar mulki, hozirgi davrda oilaning umumiy mulki, turar-joy, dala-hovli, mashina, u yoki bu jihozlari va boshqalar. O’zbekistonda umumiy birgalikdagi egalik mulk: yer, suv, o’rmon, o’simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, davlat mulki va h.k.