UNIYA

UNIYA (lot. unio-yagona birlik, birlashma) — davlatlarning birlashmalari, yagona birlik. Maxsus Uniya – ikki monarxist davlatning bir monarx qo’l ostida birlashishi bo’lib, bunda har bir davlat o’z hokimiyat va idora etuvchi organlarini saqlab qoladi. Xalqaro Uniya – iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi ixtisoslashtirilgan doimiy xalqaro tashkilot.