Urbanizatsiya

Urbanizatsiya (lotincha urbs – shahar)-shaharlarning ko`payishi va o`sishi hamda aksari iqtisodiy hududlar yadrosiga aylanishi. Urbanizatsiya fan-texnika inqilobi davrida keskin avj olgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo`lib, shaharlarning o`sishi, shaharlarda, xususan yirik shaharlarda aholining ko`payishi, barcha aholi punktlarida shahar turmush tarzining tarqalishi, iqtisodiyotning asosan shaharlarga xizmat qilishida o`z aksini topadi.