USTAV FONDI

USTAV FONDI – ta’sischi (davlat, tashkilot muassasasi, mehnat jamoasi, jismoniy shaxs) tomonidan korxonaning doimiy ixtiyoriga beriladigan moddiy va pul mablag’ larining yig’indisi. Ustav fondining dastlabki miqdori korxona tashkil etilayotganida uning ustavida qayt etiladi va asosiy hamda oborot fondlarini shakllantirish uchun shaxsiy mablag’laming asosiy manbai sifatida ishlatiladi. Ustav fondi miqdori hisobot davrining boshida va oxirida buxgalteriya balansining passivida aks ettiriladi hamda korxonaning asosiy fondlari qoldik qiymatiga va oborot mablag’lariga bo’lgan eng kam ehtiyojiga mos bo’ladi. Ustav fondi miqdori xo’jalik faoliyati jarayonida o’zgarmasdan qolmaydi. U ko’payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav fondi asosiy vositalarda investitsiyalar, mehnat vositalarini qayta baholash yoki indeksatsiyalash hisobiga ko’payadi; uning kamayishi asosiy vositalarni hisobdan chiqarish, eskirishini hisoblash, ularni qayta baholash natijasi bo’lishi mumkin. Ustav fondi oborot vositalarida unga foydaning bir qismi qo’yilishi, tovar moddiy boyliklar va boshqa oborot vositalarini bepul olish hisobiga ko’payadi, o’tganyilgi xarajatlami hisobdan chiqarish, tovar moddiy boyliklarni arzonlashtirish va boshqalar hisobiga kamayishi mumkin.