UYUSHGAN GURUHLAR
UYUSHGAN GURUHLAR — manfaatli guruhlarning tuzilish prinsiplari bo’yicha bo’lingan turlaridan biri. Yuqori darajadagi ixtisoslik va tashkilotlarga (masalan, kasaba uyushmalari, tadbirkorlarning birlashmalari, etnik assotsiatsilar va boshqalar) egadirlar. Bu guruhlarga quyidagi belgilar xosdir: a) formal tashkiliy birlik, birlashmaning ixtiyoriyligi tashkilotning faoliyatida o’z a‘zolari bilan birgalikda ishlab chiqarilgan maxsus hujjatlar, nizomlarga amal qilish; b) ularning oldindan aniq maqsadni ko’zlab tuzilganligi; v) tarkibi va tuzilishining, a‘zolar o’rtasidagi aloqalarning barqarorligi. Uyushgan tashkilotlarning ish olib borishi ularning qonun ta‘sirida bo’lishini taqozo etadi. Bu uyushgan tashkilotlarning ro’yxatdan o’tishida, ularning faoliyati ustidan davlat organlarining nazoratini amalga oshirish mumkinligida o’z ifodasini topadi.